Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijlik sarmoyadorlarga dividendlar bo‘yicha soliq imtiyozi beriladi – Prezident

Xorijlik sarmoyadorlarga dividendlar bo‘yicha soliq imtiyozi beriladi – Prezident

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, jumladan, mamlakatda tadbirkorlik va biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator aniq choralar ishlab chiqilgani haqida to‘xtaldi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.

Yaqinda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko‘chmas mulk ob’yektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi.

Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, energetika yo‘nalishidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etish rejalashtirilgan.

Tadbirkorlarga yer ajratishning zamonaviy shaffof tamoyillari – ya’ni, auksion savdo tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida qonunchilikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan 60 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring