Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla mashinalari arzonlashmoqda

Tesla mashinalari arzonlashmoqda

Tesla kompaniyasi AQShda eng ko‘p sotilayotgan elektromobillarining narxlarini pasaytirdi. Model 3 va Model Y narxlari 6 foizdan 20 foizgacha tushirildi, deb xabar berdi «Praym» agentligi.

Amerikalik xaridor uchun yurish zaxirasi oshirilgan Model Y ning yangi narxi, hukumat subsidiyasini qo‘shib hisoblaganda (elektromobillar uchun $7500 qiymatidagi AQSh federal soliq krediti), boshlang‘ich narxiga nisbatan 31 foiz arzonlashtirildi.

Germaniyada esa, konfiguratsiyasiga qarab, Model 3 sedani va Model Y krossoveri narxlari 1 foizdan 17 foizgacha tushirildi.

Xitoy va Osiyoning ayrim mamlakatlarida elektromobillar narxlari pasayayotgani sababli Tesla asosiy bozorlarda eski strategiyasidan voz kechmoqda. Xususan, 2022-yilda talab yuqoriligi bois kompaniyaning elektromobillari o‘rtacha narxlari oshib borgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring