Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aholisi uchun imtiyozli avtokredit. 500 dona «Lacetti» ajratildi

Toshkent aholisi uchun imtiyozli avtokredit. 500 dona «Lacetti» ajratildi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» hamda XATB «Ravnaq-bank» Toshkent shahrida imtiyozli avtokreditlash dasturi bo‘yicha rasmiy hamkorga aylandi.

XATB «Ravnaq-bank» o‘zining 17 yilligi munosabati bilan 2018-yilning 22-oktyabridan e’tiboran Toshkent shahri aholisi uchun 500 dona LACETTI CDX A/T (3-poz.) avtomobilini imtiyozli kreditlash bo‘yicha aksiya e’lon qildi.

Siz LACETTI CDX A/T (3-poz.) avtomobiliga imtiyozli kreditni quyidagi shartlar asosida rasmiylashtirishingiz mumkin:

1) 10% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda – 5 yilgacha – yillik 22%
2) 30% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda – 3 yilgacha – yillik 20% 
3) 50% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda – 2 yilgacha – yillik 19% 
4) 60% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda – 15 oygacha – yillik 18%

Kredit shartlari ushbu havolada keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring