Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyota butun dunyo bo‘ylab avtomobillarini qaytarib oladi

Toyota butun dunyo bo‘ylab avtomobillarini qaytarib oladi

Yaponiyaning Toyota avtomobil ishlab chiqaruvchisi butun dunyo bo‘ylab avtomobillarini chaqirib oladi.

Xizmat ko‘rsatish kampaniyasi doirasida yuz mingdan ortiq mashina qaytariladi, bular nafaqat Toyota, balki Lexus hamdir. Barcha nuqsonli modellar joriy yilda, 2023 yilda chiqarilgan, ularda ham bir xil muammo bor. Kompaniya tafsilotlarga aniqlik kiritmadi, biroq nosozlik rul va haydovchining xavfsizlik yostiqchasi o‘rtasidagi simda aniqlanganini rasman ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ehtiyot qismlarni yetkazib beruvchi kompaniya Toyota’ga nuqsonli mahsulotlarni bergan.

Toyota mutaxassislari o‘zlarining mustaqil sinovlarida nuqsonlarni aniqlashdi. Natijada 110 047 ta avtomobil — Toyota Corolla, Corolla Cross, Highlander va Tacoma, shuningdek Lexus RX va NX modellarini qaytarib olishga qaror qilindi.

Iyul oyi o‘rtalarida Yaponiyaning yana bir avtomobil ishlab chiqaruvchi Nissan kompaniyasining 1,5 million avtomobili majburiy ta’mirga qaytarilgandi. Ularda ham simlar bilan bog‘liq muammolar topilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring