Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya 60 yildan beri kutilayotgan loyihani amalga oshirmoqchi

Turkiya 60 yildan beri kutilayotgan loyihani amalga oshirmoqchi

Foto: «Anadolu»

Turkiyada ishlab chiqarilgan ilk elektromobil 2022-yilning oxirida konveyerdan chiqadi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

«Zavod 18 oyda qurib bitkazilishi rejalashtirilmoqda, 2022-yilning oxiriga kelib esa Turkiyada ishlab chiqarilgan birinchi elektromobil konveyerdan chiqadi», — dedi Erdo‘g‘on Bursa viloyatida avtozavodga poydevor qo‘yish marosimida. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar bergan.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihani Turkiyada 60 yildan beri kutishadi. U zavod poydevoriga qo‘yilgan toshni umummilliy megaloyihalar zanjiridagi «oltin bo‘g‘in» deb atadi.

2019-yil dekabrda Turkiyada birinchi mahalliy avtomobillarning prototiplari taqdim etildi — SUV C segmentidagi elektrokrossover va sedan elektromobili. Loyihaga ajratilgan sarmoya 22 milliard turk lirasi (3,7 milliard dollar)ni tashkil etadi, investitsiya jarayoni 13 yil davom etadi. «Turk avtomobillari» tashabbuskor guruhi (TOGG) yiliga beshta modeldagi 175 mingta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Davlat 2035-yil 31-dekabrgacha 30 mingta elektromobil sotib olishni rejalashtirmoqda.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring