UzAuto Motors Rossiyaga mashina eksportini to‘xtatdi
Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli UzAuto Motors kompaniyasi Rossiyaga avtomobillar eksportini to‘xtatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yarimo‘tkazgichlar va mikrosxemalar Janubiy Koreyada ishlab chiqarilib O‘zbekistonga kelar edi. Lekin koreys tomoni Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalarga qo‘shilgani uchun ularni yetkazib berishda muammolar paydo bo‘lgan.
GM kompaniyasining Detroytdagi (AQSh) bosh qarorgohidan ma’lum qilishlaricha, UzAuto Motors 2022 yil 9 martdan Rossiyaga Chevrolet mashinalarini eksport qilishni to‘xtatgan.
Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati bilan bog‘lanish bo‘yicha urinishlarimiz besamar ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter