Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YPX xodimi va fuqaro o‘rtasidagi tortishuv»ga izoh berildi

«YPX xodimi va fuqaro o‘rtasidagi tortishuv»ga izoh berildi

Joriy yilning 16 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi va fuqaro o‘rtasida tortishuv» sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati holat haqida ma’lumot berdi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi U.Sultanov taqsimot asosida tungi xizmatga Bektemir tumani hududiga jalb etilgan va xizmati davomida X.Boyqaro ko‘chasida, soat 03:00larda «Kaptiva» rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

Tekshiruv davomida, haydovchi va xodim o‘rtasidagi o‘zaro muloqotga avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi aralashgan. YPX xodimidan to‘xtatish asosini so‘rab e’tiroz bildirgan. YPX xodimi haydovchiga tushuntirish berishini, yo‘lovchiga tushuntirish berishga majbur emasligini aytgan. Ushbu vaqtda xodim hamda yo‘lovchi o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

«Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 3-bobi 17-bandida «YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan qoidalar buzilishini rasmiylashtirish jarayonida holatga daxldor bo‘lmagan hamda qonun hujjatlarida belgilangan vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga qoidalar buzilishini rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish berishga majbur emas»ligi belgilangan», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring