Xitoy iqtisodiyoti keyingi yil 7,9 foizga o‘sishi kutilmoqda
2021-yilda Xitoy iqtisodiyotining yillik o‘sish sur’ati 7,9 foizga yetishi mumkin. Bu haqda Xitoy ommaviy axborot vositalari Jahon bankining so‘nggi hisobotiga asoslanib xabar tarqatgan.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilda XXR iqtisodiyotining o‘sishi taxminan 2foizni tashkil qiladi. Ammo koronavirus epidemiyasi tufayli keskin pasayishdan keyin iqtisodiy tiklanish kutilganidan yuqori darajada davom etishi sababli, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 7,9 foizga ko‘tarilishi mumkin.
Bunga koronavirus pandemiyasining oldini olish va infeksiyaga qarshi kurashning samarali strategiyasi, qabul qilingan choralar va eksportning o‘sishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Iqtisodiy faollik, shuningdek, xususiy investitsiyalarning ko‘payishi va iste’molning ko‘payishi hisobiga ham o‘sish kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter