Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiya janubi-g‘arbida, Kyusyu oroli yaqinida 7,1 magnitudali zilzila qayd etildi va sunami xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

Bundan biroz avvalroq 6,9 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

Zilzila epitsentri Kyushu orolidagi Miyazaki prefekturasi yaqinida joylashgan. O‘chog‘i okean tubida 30 km chuqurlikda joylashgan.

Seysmologlarning fikricha, Kagosima, Kochi, Miyazaki, Oita va Exime prefekturalari hududidagi sunami to‘lqini balandligi 1 metrgacha yetishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring