Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘qonlik tabib»ning qo‘riqchilari javobgarlikka tortildi

«Qo‘qonlik tabib»ning qo‘riqchilari javobgarlikka tortildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda shundog‘am katta bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan «qo‘qonlik tabib» I. Soliyevning qo‘riqchilar qurshovida yurgani aks etgan lavha muhokamalarni badtar kuchaytirdi.

Xabar.uz so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «qo‘qonlik tabib»ning tan soqchilari javobgarlikka tortilgan.

Unga ko‘ra, I. Soliyev o‘ziga murojaat qilgan bemorlar o‘rtasida jamoat tartibini saqlash maqsadida Qo‘qon shahrida ro‘yxatdan o‘tgan «XXU» MChJ bilan shartnoma tuzib, ushbu jamiyatning to‘rt nafar xodimini o‘ziga qo‘riqchi sifatida yollangan. Biroq qo‘riqchilar qonunga xilof ravishda kiyingani uchun ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Chunki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209/1-moddasiga ko‘ra, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish ma’muriy javobgarlik keltirib chiqaradi.

Qo‘shimcha qilinishicha, I. Soliyevning tabiblik faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring