Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘yliq» bozori ko‘chiriladi

«Qo‘yliq» bozori ko‘chiriladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

«Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish rejalashtirilmoqda.

«Qo‘yliq» dehqon bozori  va unga tutash bo‘lgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yo‘l kengayishi va ko‘prik qurilishi ishlari rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi.

Bu boradagi ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring