Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Saudiyalik futbolchilarning samolyotida yong‘in chiqdi (video)

JCh-2018. Saudiyalik futbolchilarning samolyotida yong‘in chiqdi (video)

Saudiya Arabistoni futbolchilari Urugvay terma jamoasi bilan o‘ynash uchun Rostov-Donga ketayotgan paytda samolyot motori yonib ketgan. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

Rossiya aviakompaniyasiga qarashli havo kemasi uchuvchilari samolyotni Rostov aeroportiga qo‘ndirishga majbur bo‘lishgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in texnik nosozlik tufayli kelib chiqqani aniqlandi.

Ertaga, 20-iyun kuni Saudiya Arabistoni terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi.

Saudiyaliklar 14-iyun kuni rossiyaliklarga qarshi o‘yinda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring