Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherqo‘zi G‘oziyev vafot etdi

Sherqo‘zi G‘oziyev vafot etdi

O‘zbek san’atining fidoyilaridan biri, mohir aktyor, rejissyor, hajviy qo‘shiqlar va so‘z ustasi — Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi.

Sherqo‘zi G‘oziyev 1950-yilning 8-may kuni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Chirkay qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan.

So‘ngra Toshkent madaniy oqartuv texnikumining rejissyorlik bo‘limida 3 yil o‘qidi. Shu vaqt davomida do‘sti Abdufattoh Saidov ikkalasi hajviyot olamida Alish va Valish laqabi bilan qiziqchilik qilib tanila boshlaydi.

1971-yilda Yo‘ldosh Oxunboboyev nomidagi Yosh tomoshabinlar teatriga aktyor sifatida ishga taklif etishadi. Shu yili Ostrovskiy nomli institutining aktyorlik bo‘limiga sirtdan o‘qishga kirib, 1976-yili muvaffaqiyatli tugatadi. 1970-yildan «Teleminiatyuralar teatri»da rollar ijro etishni boshlaydi. San’atga qiziqish uni O‘zbek davlat filarmoniyasiga yetakladi va 1978-yildan filarmoniyada ishlay boshladi.

1990-yilda O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olingan «Changalzor qiroli» filmida zootexnik rolini ijro etadi. Shundan so‘ng 1992-yildan «Sherxan» studiyasini ochib, hindlar bilan hamkorlikda 2006-yilda «Sherxan traktorchi» kinokomediyasi, 2008-yilda, «Yolg‘iz emassan» melodrama filmlarini tasvirga oladi.

«Xabar.uz» tahririyati san’atkorning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring