Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo​ga insonparvarlik yordami jo‘natil​di (foto)

Surxondaryo​ga insonparvarlik yordami jo‘natil​di (foto)

Foto: «fvv.uz»

Navoiy viloyati hokimiyati tomonidan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 18-may kuni ko‘p miqdorda yog‘ingarchalik yog‘ishi oqibatida tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: «fvv.uz»

Ma’lum qilinishicha, insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 90 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, issiq ko‘rpa-to‘shak, yostiq va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar mavjud. Insonparvarlik yordamini shakllantirish va yetkazish Navoiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yuklatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring