Urush qatnashchilariga 15 million so‘mdan beriladi
9-may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi. Bu haqda prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga:
- yolg‘iz yashayotgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlarni yetkazish;
- urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirish;
- 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovg‘a-salomlar yetkazish topshirildi.
Avvalroq joriy yil 1 maydan boshlab pensiya va nafaqalarni 12 foiz oshirilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter