Milliy teleradiokompaniya tizimida rejim xizmati tugatildi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida xavfsizlik masalalariga javobgar bo‘lgan rejim xizmati faoliyati tugatildi. Bu haqda o‘z manbalarimiz xabar qildi.
Avvalroq kompaniya raisining kadrlar va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Shodmonov mazkur shtatning qisqartirilishi tufayli lavozimidan ozod etilgani haqida ma’lum qilgan edik.
«Xabar.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda rejim xizmati faoliyati tugatilgan hamda uning o‘rniga «toifalangan binolar xavfsizligini ta’minlash» xizmati tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter