Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston bilan chegarada bir askar qahramonlarcha halok bo‘ldi

Afg‘oniston bilan chegarada bir askar qahramonlarcha halok bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Afg‘oniston bilan chegarada bir askar halok bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida bu haqda gapirib o‘tdi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘da chegaradan o‘tishga uringan, ammo chegarachilarimiz tomonidan to‘xtatib qolingan.

— Biz lozim bo‘lgan taqdirda chegaralarimizni qurol kuchi bilan himoya etamiz. Afsuski, otishma vaqtida bir nafar askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U Namangan farzandi edi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring