Andijondagi g‘isht sexining «siri» oshkor bo‘ldi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
«A.A.» MChJ mas’ul shaxslari «Ming o‘rik» MFY hududidagi g‘isht ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib, 185,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter