Bosh prokuratura Andijondagi mudhish qotillik yuzasidan ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 19 yoshli yigit maktab o‘quvchisi tomonidan pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2026 yil 6 fevral kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan avvalroq o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter