Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baland ovozda sayrayotgan kaklik ovozi va oziqlanib yurgan jayralar (video)

Baland ovozda sayrayotgan kaklik ovozi va oziqlanib yurgan jayralar (video)

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga jayralar va kaklikning sayrayotgan ovozi videotasirlarga tushgan.

Videotasvirda xarsangtoshlar oralab oziq izlab yurgan jayralar tasvirini ko‘rish mumkin. Shuningdek, atrofda kakliklarning sayrayotgan ovozi eshitilgan.

Ma’lumot uchun, jayra tabiiy majmualarda keng tarqalgan oddiy tur hisoblanadi.  O‘simliklar ildizi, piyozlari va yosh kurtaklari bilan oziqlanadi. Daraxtlardagi mevalar pishganida, yerga to‘kilgan mevalarni xush ko‘rib yeydi.

Kuzatishlarga ko‘ra, jayra qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida ko‘proq uchrashi aniqlangan

O‘xshash:

Hisor qo‘riqxonasida ikkita qor qoploni fotoqopqonga tushib qoldi

Turkiston silovsini «qopqon»ga tushdi

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i va bolalari fotoqopqonga tushdi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring