Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekobodda fojiali tarzda vafot etgan ayolning eriga hukm o‘qildi

Bekobodda fojiali tarzda vafot etgan ayolning eriga hukm o‘qildi

Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga qamaldi. Oliy sud jinoyat ishi yuzasidan axborot berdi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2024 yil 13 avgustdagi hukmiga muvofiq D. X. (1989 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Jabrlanuvchi N. X. (marhuma)ning qonuniy vakili R. S. sudlanuvchi D. X.dan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan tegishli xujjatlarni to‘plab, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan tomonlar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudiga apellyasiya (kassatsiya) instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-mart kuni Bekobod tumanida 28 yoshli ayol 5-qavatdan tushib ketib vafot etganligi haqida xabar tarqalgandi.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Marxumaning turmush o‘rtog‘i Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring