Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Samarqandda o‘qituvchining o‘limiga oid hodisa bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura Samarqandda o‘qituvchining o‘limiga oid hodisa bo‘yicha bayonot berdi

Foto: «severinform.ru»

Samarqand shahrida bir guruh yigitlar tomonidan kaltaklanishi natijasida o‘qituvchi vafot etganiga oid holat yuzasidan Bosh prokuratura bayonot  berdi. Mahkama matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga  ma’lum qilishicha, voqelik 2019-yilning 20-noyabr kuni soat taxminan 03.40 atrofida sodir bo‘lgan.

Shaharning Beruniy ko‘chasida fuqaro Djurabek M. (1990-y.t. ishchi) sheriklari Doniyor S. (1994-y.t. sudlangan, haydovchi) va Muxammad K.lar (1997-y.t. sudlangan, ishchi) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, shahardagi 42-sonli umumta’lim maktab o‘qituvchisi Izzatilo M. bilan hech bir sababsiz janjallashib, janjal vaqtida qo‘l va oyoqlari bilan bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazishgan. Natijada Izzatilo M. shifoxonaga yotqizilgan. (Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, Izzatilo M.da «og‘ir yopiq KST, bosh miyaning og‘ir darajali lat yeyishi» tashxisi qo‘yilgan). Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan 2019-yil 23-noyabr kuni Izzatilo M. shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.

2019-yil 23-noyabr kuni Djurabek M., Doniyor S. va Muxammad K.lar JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring