Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yilgi eng katta Oy oktyabrda ko‘rinadi

Bu yilgi eng katta Oy oktyabrda ko‘rinadi

Foto: Euroradio.fm

Bu yilgi super Oy hodisalarining eng yirigi 17-oktyabrda kuzatiladi. Yerning tabiiy yo‘ldoshi to‘lishgan paytida sayyoramizga eng yaqin masofagacha keladi.

Moskva planetariysi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 18-sentyabrda, Oy qisman tutilgan paytida ham to‘lishadi, ammo oktyabrdagi kabi yaqin masofaga kelmagani bois unchalik katta ko‘rinmaydi.

Super Oy — Oyning eng to‘lishgan va Yerga eng yaqinlashgan paytidagi hodisa. Bu paytda u Yerdan maksimal uzoqlashgan va to‘lishgan paytiga nisbatan taxminan 13,5 foiz kattaroq ko‘rinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring