Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi yong‘inda 5 yoshli qizaloq nobud bo‘ldi

Buxorodagi yong‘inda 5 yoshli qizaloq nobud bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

2019-yilning 23-dekabr kuni soat 00 dan 48 daqiqa o‘tganda Buxoro shahrining Maxtumquli ko‘chasida joylashgan 9-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lum qildi.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01:05 da qurshab olingan va soat 02:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining 2014-y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘inni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining noto‘g‘ri o‘rnatilishi deb taxmin qilinmoqda.

 Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring