Chiroqchida yana bir qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. Ovchilar nega jazolanmadi?

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumidagi ov miltig‘i bilan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yana bitta qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. Bu haqda «Ekologuz» xabar bermoqda.
Oldingi o‘ldirilgan ayiqlarning ovchilari jazosiz qoldi. Bundan ruhlangan boshqa ovchilar esa vahshiylikni davom ettirishmoqda.
«Qachongacha Qizil Kitobga kiritilgan jonivorlarni o‘ldirganlarni oqlab, jonivorlarni «qutirgan», «odamga tashlangan» deb o‘zimizni aldaymiz? O‘zbekistonda birorta jonivor qolmagunchami?» deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, Chiroqchi tumani Langar MFY Tutli qishlog‘ida ham qo‘ng‘ir ayiq xo‘rlangan va o‘ldirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter