Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘lda ayolni bir necha erkak zo‘rlagani haqida video tarqaldi. IIB rasmiy ma’lumot berdi

Cho‘lda ayolni bir necha erkak zo‘rlagani haqida video tarqaldi. IIB rasmiy ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

G‘ijduvon tumanining cho‘l hududida ayolni bir necha erkaklar jinsiy aloqa qilishga majbur etgan holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolni bir necha shaxslar kuch ishlatish yo‘li bilan zo‘rlamoqchi bo‘layotganliklari aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2023 yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda G‘ijduvon tumani «Sarmijon» mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan D.B. tanishi shu mahallada yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.G. ismli ayolni tumanning «Qoraxoni» mahallasi «Jilvon» cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi JPK.ning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 13 yoshli qizni cho‘lda to‘rt kishi zo‘rlagani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring