Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish oqshomlari yulduzlar shousidan bahramand bo‘ling!

Dam olish oqshomlari yulduzlar shousidan bahramand bo‘ling!

Foto: Shutterstock

Dam olish kunlari bahorgi yulduzlar uchishi hodisasi (Lirida meteor yomg‘iri) kutilmoqda.

21-aprel sanasida avjiga chiqadigan ushbu hodisada soatiga 18 tagacha yulduz uchishini kuzatish mumkin.

Hodisani kuzatmoqchi bo‘lganlarga Oyning to‘linlashgani, qolaversa, bulutli osmon va yorqin shahar chiroqlari xalaqit berishi mumkin. Ajoyib yulduzlar shousidan bahramand bo‘lishni istaganlarga tabiat qo‘yniga chiqish tavsiya etiladi.

Yulduzlar uchishi — kometaning chang, gaz va mayda toshlardan «inversion izi» bo‘lib, yuqori tezlikda sayyora atmosferasiga kirganida yonib, yorqin izlar qoldirishi.

Lirida — meteor yomg‘irlari orasida eng qadimiysi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uni birinchi marta Xitoyda miloddan avvalgi 687-yilda kuzatishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring