Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX ishtirokidagi tadbirda fohishalikka jo‘natilayotgan qizlar qutqarildi

DXX ishtirokidagi tadbirda fohishalikka jo‘natilayotgan qizlar qutqarildi

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazdi. 

Xususan, Urganch shahrida yashovchi, 1986-yil tug‘ilgan V.S. va uning Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshi, 1979-yil tug‘ilgan S.V.lar xorazmlik 1998-yil tug‘ilgan K.Z., 1998-yil tug‘ilgan J.O. va 2000-yil tug‘ilgan R.X.larning ishonchiga kirib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklarga yuborishni rejalashtirishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida V.S. hamda S.V. qizlarni Urganch shahridan Toshkent shahriga avtomashinada jo‘natayotgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, K.Z., J.O. va R.X.lar o‘zlarining nomiga «Toshkent - Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha sotib olingan aviachipta hamda rasmiylashtirilgan viza xarajatlarini Dubay shahrida ishlab, pul topganlaridan so‘ng to‘lab berishlari kerak bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida V.S. BAAdagi jinoiy aloqalari buyurtmasiga ko‘ra, muqaddam bir nechta ayollarni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Dubay shahriga yuborganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda V.S. va S.V.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring