Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ellik va yuz ming so‘mlik pullar «sinishi»ni aytgan ayol ushlandi

Ellik va yuz ming so‘mlik pullar «sinishi»ni aytgan ayol ushlandi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda 100 so‘mlik kupyura «sinishi»ni bildirib, o‘zgalarni chuv tushirgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Kogon shahar Ahillik ko‘chasida yashovchi H.L.ning ichki ishlar organlariga murojaati xodimlarni sergaklantirdi.

Holatga ko‘ra, fuqaro H.L.ga o‘ziga avvaldan notanish bo‘lgan ayol 50 000 so‘m va 100 000 so‘mlik kupyuradagi pullar sinishini va agar pullari bo‘lsa, ularni almashtirib berishini bildirgan. H.L. esa o‘zini «Tanzila» deb tanishtirgan bu ayolga  ishonib, unga 3 000 000 so‘m 100 ming so‘mlik kupyura ko‘rinishidagi pullarini, 200 AQSh dollari hamda 15 000 rubl almashtirib kelishi uchun bergan.

Yirik miqdordagi pullarni qo‘lga kiritgan «Tanzila» qaytmagan va H.L. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan. Ushbu jarayonda jinoyatni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 61 yoshli R.X. ismli ayol sodir qilgani aniqlangan.

Hozirgi kunda R.X.ning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring