Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropadagi eng baland tog‘ kichraydi

Yevropadagi eng baland tog‘ kichraydi

Foto: «Commons.wikimedia.org»

Fransiyalik tadqiqotchilar Monblan tog‘ining balandligi cho‘qqidagi qor erishi tufayli to‘rt yil ichida bir metrga pasayganini aniqlashdi. Bu haqda France Blue radiostansiyasi ma’lum qildi.

Sentyabr oyidagi o‘lchovlarga ko‘ra, G‘arbiy Yevropadagi eng baland tog‘ balandligi 2017-yildagi 4808,72 metrga nisbatan 4807,81 metrni tashkil qilgan (0,91 metrga past).

4792 metr balandlikda, tog‘ cho‘qqisi – tosh va muz qatlamidan iborat. Qolgan masofa – taxminan 16 metr – qor bilan qoplangan. Tadqiqot o‘tkazish uchun 27 mutaxassisdan iborat guruh cho‘qqiga chiqib, sun’iy yo‘ldosh antennalarini o‘rnatgan.

Endi o‘zgarish sabablarini aniqlash uchun iqlimshunoslar, muzlikshunoslar va boshqalar to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganadilar.

Ehtimol, qor qoplamining qisqarishiga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin.

Avgust oyining oxirida Shvetsiyaning eng baland cho‘qqisi bo‘lgan Kebnekays tog‘ining janubiy cho‘qqisi bir yilda deyarli ikki metrga pasaygani aniqlangan.

Olimlar bu dinamikani havo haroratining oshishi va shamol yo‘nalishining o‘zgarishi bilan izohladilar. Ikkala omil ham muzliklarning global isishga bo‘lgan reaksiyasidan kelib chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring