Avstriya tog‘larida besh chang‘ichi ko‘chki ostida halok bo‘ldi
APA agentligi xabar berishicha, Avstriyaning g‘arbiy qismidagi Zalsburg tog‘larida ikkita ko‘chkida besh chang‘ichi halok bo‘ldi. Yana bir nechtasi qutqarildi.
Birinchi ko‘chki 17-yanvar kuni Bad Hofgastein hududida 2200 metr balandlikda sodir bo‘ldi. Bir ayol chang‘ichi qor ostida qoldi. Qutqaruvchilar uni vayronalar ostidan chiqarib olishdi, ammo tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelganidan keyin u vafot etdi. Uning eri qutilib qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Taxminan bir yarim soatdan so‘ng, Gastein vodiysida ikkinchi ko‘chki sodir bo‘ldi va yetti chang‘ichi qolib ketdi. Ulardan to‘rttasi darhol halok bo‘ldi. Ikki nafari jarohat oldi, ulardan biri og‘ir ahvolda. Yana bir chang‘ichi jarohat olmadi.
Ko‘chki sodir bo‘lgan joyga to‘rtta qutqaruv vertolyoti yuborildi. Qidiruvda tog‘ qutqaruvchilari, Qizil Xoch itlar guruhlari va favqulodda vaziyatlarga javob berish guruhi ham ishtirok etdi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi bir necha soat davom etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter