Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona hokimi yana jamoatchilik e’tibori markazida!  Bu safar nima bo‘ldi?

Farg‘ona hokimi yana jamoatchilik e’tibori markazida!  Bu safar nima bo‘ldi?

Foto:«Xabar.uz»

Qisqa tanaffusdan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yana jamoatchilik e’tibori markaziga qaytgan ko‘rinadi.

Ijtimoiy tarmoqda ovoz uniki ekani iddao qilinayotgan  shaxsning audiosi tarqalgani aytilmoqda. Unda amaldor va tadbirkor o‘rtasidagi qisqa suhbat, qandaydir loyihani rad etilishi va (tadbirkorning) zaldan  haydab yuborilishi, shuningdek, «o‘rtoq polkovnik»ka  uning soqoli va sochini yaxshilab qirdirish buyurilgani  ilg‘ash mumkin.

Amaldor: «Sherzod» fermer xo‘jaligi…. Ipotekabank. Soqolini qaranglar! Taniysizmi, bu kishini? Fermer xo‘jaligining boshlig‘imisiz?»

Tadbirkor: «Ish yurituvchisiman. Xo‘jayin Toshkentda edi.»

Amaldor: «Iltimos qilsa, kelaverdingizmi o‘rniga?»

Tadbirkor: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q.»

Amaldor: «O‘chir bu loyihani! Tushuntirishingga ham, boshqanggayam, xo‘jayinggayam salom aytib qo‘y. Bor, zaldan chiq, bor.» So‘ng : «O‘rtoq Qobulov, soqoliniyam, sochiniyam yaltillatib, qirdirib oling. Qarang, soqolini ham, sochini ham anaqa qiling. Xo‘pmi, davay, bo‘ling

Farg‘ona viloyati hokimi matbuot kotibi Muhammadjon Obidov ovoz  egasi Sh. G‘aniyev ekanini inkor etmabdi. Biroq holatni tahqir emas, shuncha «tanbeh»  sifatida talqin qiladi. Ajab, go‘zal iltifot-u  shirin lutfisiz  gapirilmaydigan  Farg‘onada tadbirkorning bu tarzda yig‘ilishdan haydab solinishi shunchaki «tanbeh» bo‘lsa,  «tahqir» qanday bo‘larkin?! 

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring