Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada 20 yoshli o‘g‘il oilaviy kelishmovchilik sabab o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi

Farg‘onada 20 yoshli o‘g‘il oilaviy kelishmovchilik sabab o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi

Marg‘ilon shahar sudida xotini va onasi o‘rtasidagi janjalga aralashib, o‘z onasining qotiliga aylangan 20 yashar yigitning ishi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar «Do‘stlik» mahallasida yashovchi fuqaro A.R. pichoq bilan onasining yelka qismiga qasddan urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

«O‘sha kuni marhuma va kelin o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Fuqaro A.R. oilasini bu janjallardan tashqariga olib chiqib ketaman degan maqsadda ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarmoqchi bo‘lgan. Bizga ushbu oilada janjal bo‘layotganini xabar qilishdi. Xotin-qizlar faoli, profilaktika noziri bilan kirib borayotganimizda shu holat yuz berdi», — deydi mahalla raisi.

Sudlanuvchiga ilgari tayinlangan 12 yillik qamoq jazosidan norozi bo‘lib, voyaga yetmagan farzandi va ikki nafar ukasi borligi, otasini esa kasal deb, apellyasiya tartibida shikoyat kiritgan.

Farg‘ona viloyati sud apellyasiyasi mahkumning shikoyati ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘zgarishsiz  qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring