Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada IIB xodimini so‘kkan ayolga qayta jinoiy ish ochildi

Farg‘onada IIB xodimini so‘kkan ayolga qayta jinoiy ish ochildi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining hukmi bilan 4 yil 2 oy 8 kun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan Yu.D. ismli ayol profilaktika insektorini haqorat qigani uchun unga yana jinoiy ish ochilgan.

Gap shundaki, 2022 yil 16 aprel kuni soat 21:00 larda Quvasoy shahar IIB JXX HPB profilaktika inspektori ayolning maqsadsiz yurganini aniqlab, ushbu holatni belgilangan tartibda rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Ammo fuqaro «qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ko‘pchilik fuqarolar oldida sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan»i aytilgan.

«Yu.D. ismli ayol sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tab kelayotgan bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, sud tomonidan unga belgilangan sutkaning soat 19:00 dan soat 06:00 ga qadar u yoki bu sabab bilan yashash joyini tark etishi haqidagi talabini buzib, yashash joyini tark etib, ushbu holatni aniqlagan profilaktika inspektori o‘z xizmat burchini bajarayotgan vaqtida qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ko‘pchilik fuqarolar oldida sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan», deyiladi rasmiy xabarda.

Aytilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi a bandi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiiz, bundan 1 yil oldin sodir bo‘lgan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi voqea va Namangandagi «shantajchi» xodim ishlari bo‘yicha hali birorta jinoiy ish ochilgani haqida rasmiy xabar chiqmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring