Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mushukni yoqib yuborganlarga tayinlangan jazo bekor bo‘ldi, biroq...

Mushukni yoqib yuborganlarga tayinlangan jazo bekor bo‘ldi, biroq...

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada bir guruh shaxslar mushukni tirik holatda yoqib yuborishgani aks etgan video tarqalgandi.

Mushukni tirik holatda yoqvorishga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi bilan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilingan.

Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilindi.

Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) hamda 189-1-moddasi (Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring