Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi yirik yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘onadagi yirik yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Videodan kadr

16 iyun kuni soat 22:16 da Farg‘ona viloyati FVBga Yozyovon tumani «Soy bo‘yi» MFY hududida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noturar qarovsiz binolarning 60 kv.m maydoni va 3 ta avtomobil (Labo, Hyundai, Mercedes-Benz) yonib zararlangan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB mas’ul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar mas’ullari chiqqan. Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring