Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gaz balloni portlab ketgan mashina qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi

Gaz balloni portlab ketgan mashina qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda gaz balloni portlab ketgan mashina qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat teleradiokompaniyasi xabarida aytib o‘tilgan. 

Unga ko‘ra, hodisa sabab jami 4 kishi, jumladan haydovchi va 3 yo‘lovchi vafot etgan. 

YPX xodimlari barcha haydovchilarni gaz ballonlari bilan bog‘liq xavfsizlik talablariga amal qilishga chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28-may kuni soat taxminan 13:00 lar atrofida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 1015-kilometrida harakatlanib kelayotgan «Neksiya-2» rusumli transport vositasining gaz balloni portlab ketgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring