Gulistonda yer silkinishi va portlashga o‘xshash holatlar kuzatilmoqda
Guliston shahrida joriy yilning 20-dekabr hamda 23-dekabr kunlari gumburlash va yer silkinishiga o‘xshash hodisalar ro‘y berdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati boshlig‘i Davron Sulaymonov ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, shahar va unga yondosh hududlarda portlash va yong‘in xavfi mavjud barcha ob’yektlar o‘rganilganda hech qanday portlash talafotlari aniqlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, vaziyatni batafsil o‘rganish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor axborotnomalar yuborilgan. Bu bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil qilinib, Gulistondagi yer silkinishi holatlarini o‘rganishni boshlaydi.
Holat o‘rganilgach, aniq sabablar va ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter