Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonlik kishi Muhammad(s.a.v.)ni haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi

Hindistonlik kishi  Muhammad(s.a.v.)ni haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi

Foto:«AFP»

14-aprel kuni BAAda Hindiston fuqarosi «Facebook»da Muhammad (s.a.v) haqida karikatura joylashtirgani uchun uch oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Gulf News» xabar berdi.

34 yoshli hindistonlik karikaturani 2017-yilning sentyabrida e’lon qilgan. Mazkur ma’lumotni esa politsiyaga uning hamkasbi yetkazgan.  O‘tgan yili dekabr oyida u islom dinini haqorat qilgani uchun 1400 dollar jarimaga tortilgan.

Ayblanuvchi keyinchalik apellyasiya  shikoyati bilan sudga murojaat qilgan, ammo sud uning talabini qanoatlantirmasdan, jarima va uch oylik qamoq jazosiga tortdi.

Jazo muddatini o‘tab bo‘lgach ayblanuvchi BAAdan chiqarib yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring