Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim o‘rinbosarining «ko‘cha jangi» sudda ko‘riladi

Hokim o‘rinbosarining «ko‘cha jangi» sudda ko‘riladi

Foto: Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosarining bir fuqaro bilan urushgani videosi tarqaldi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo IIB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 10-avgust kuni soat taxminan 23.00larda Yakkabog‘ tumani «Istiqlol» dehqon bozori atrofida tuman hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari M.D. qurilishlarni ko‘zdan kechirib yurganda, fuqaro N.T. kelgach, hech bir sababsiz ikkalasi tortishib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda M.D va N.T.larning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi  sababli ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring