Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim yordamchisi ishdan bo‘shagach o‘zini otib qo‘ydi

Hokim yordamchisi ishdan bo‘shagach o‘zini otib qo‘ydi

2022-yil 2-dekabr kuni soat taxminan 15:00 lar atrofida Toshkent viloyati Angren shahar Dukent qo‘rg‘oni Ulug‘bek mahallasi Ulug‘bek ko‘chasi 63-uyda yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan N.B. qonuniy egalik huquqi bo‘lgan o‘zining uzun qo‘sh stvolli12 kalibrli IJ-27 ov militig‘i bilan o‘zini otib qo‘ygan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, marhum ov quroldan tanasining chap ko‘krak sohasi yurak qismiga taqab sochma qo‘rg‘oshinli o‘qdan 1 marotaba o‘q uzish orqali o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot yetgan.

Millati o‘zbek, oilali, 4 nafar farzandi bo‘lgan.

N.B.ning so‘nggi paytlarda Angren shahar Dorilfunun mahalla fuqarolar yig‘ini xokim yordamchisi lavozimida ishlab, ishdan bo‘shagan.

Shuningdek, uning otasi vafot etganiga ko‘p bo‘lmaganligi sababli tushkun kayfiyatda yurganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring