Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimlari shifoxonaga olib ketayotgan fuqaro to‘satdan vafot etdi

IIB xodimlari shifoxonaga olib ketayotgan fuqaro to‘satdan vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahar Lashkar qishlog‘ida IIB uchastka inspektori bir fuqaroni urib jarohat yetkazganligi haqida xabar tarqalgan.

Farg‘ona viloyat prokuraturasi holat yuzasidan bayonot berdi. 

Aniqlanishicha, 27-avgust kuni Quvasoy shahar Yuqori Mo‘yan MFY hududida 1962-yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. jamoat tartibini buzuvchi harakatlar sodir etganligi uchun Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda uni sog‘lig‘i yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, X.T.ning o‘limiga «Yurakning ishemik kasalligi, yurak toj qon tomirlarini o‘tkir yetishmovchiligi, o‘ng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oshqozon osti beziga qon quyilishi, alkogoldan zaharlanish» tashxisi qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring