Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqqa shiddatli qum bo‘roni yopirildi (foto)

Iroqqa shiddatli qum bo‘roni yopirildi (foto)

Iroqqa kuchli qum bo‘roni yopirilishi oqibatida favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy «Shafaq» axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakatdagi maktablar, universitetlar, davlat idoralari, aeroportlar yopildi.

May oyining dastlabki kunlaridagi qum bo‘roni paytida 5 mingdan ortiq iroqliklar tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishgandi.

Yilning bu davrida chang bo‘ronlari va kuchli shamollar Iroq va qo‘shni davlatlar uchun odatiy hodisa. Hozirgi qum bo‘roni hafta davomida oltinchisi bo‘ldi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida ushbu tabiat hodisasini «Xamsin» («Ellik») deb atashadi. Bahorgi kuchli shamollar 50 kungacha cho‘ziladi. Tuproq yemirilishlari, qurg‘oqchiliklar, iqlim o‘zgarishlari oqibatida qum bo‘ronlari davomiyligi va shiddati yildan-yilga kuchaymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring