Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jazavaga tushgan ayol murg‘ak bolasini ayovsiz kaltaklagan video tarqaldi

Jazavaga tushgan ayol murg‘ak bolasini ayovsiz kaltaklagan video tarqaldi

Samarqand viloyati, Urgut tumani Jartepa qishlog‘i Vatak mahallasida yashovchi ayol murg‘ak farzandini ayovsiz kaltaklayotgan videosi tarqaldi.

Ayol bu videoni turmush o‘rtog‘idan «o‘ch olish» uchun tasvirga olganini anglash mumkin. «Tomosha qil, kayf qil... Sani kasringga bachalaring yem bo‘lyapti... O‘zim tuqqan bo‘lsam, sen x...midan bo‘lgan. Mana boshlandi...» deya jazavaga tushib, bolani yuzlariga urib burnini qonatadi, so‘ng uni uloqtirib yerga ura boshlaydi.

Ushbu xonadonda yashayotgan onaxon kelini yosh nevaralarini doimiy ravishda qattiq kaltaklayotgani, o‘ldirib quyishidan qo‘rqib murojaat qilgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgach, Samarqand viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

«Mazkur voqea shu kunning o‘zida tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ona hamda uning farzandi sog‘lig‘i va ruhiy holati mutaxassislar nazoratiga olindi.

Shuningdek, ushbu holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho beriladi», deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring