Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda 9 nafar qiz nega janjallashgani ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda 9 nafar qiz nega janjallashgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida qizlar o‘rtasida kechgan janjal videotasvirlari tarqaldi. Mazkur holat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilikka Sharof Rashidov tumanidagi o‘rta umumta’lim maktablaridan birida o‘qiydiganlar tomonidan ochilgan telegram kanalidagi o‘zaro yozishmalar sabab bo‘lgan.

«Ayni paytda Jizzax shahrining Bobur mahallasida yashovchi E.H., Ittifoq mahallasida istiqomat qiluvchi R.N. hamda Sharof Rashidov tumani tumanining Bo‘ston mahallasida yashovchi M.H. kabi 9 nafar qiz ishtirokida kechgan janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotir, ana shu tekshiruv natijalariga ko‘ra qonunbuzarlar yoki ularning ota-onalariga tegishli huquqiy choralar ko‘riladi», deyiladi Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Qo‘shimcha ma’lumot berilishicha, 2022 yilning 20 dekabrida yuz bergan ushbu mushtlashuvda o‘rta umumta’lim hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchilari, shuningdek oliy o‘quv yurtlari talabalari qatnashishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring