Kasbida mahalla oqsoqoli MIB xodimini bolta bilan jarohatladi
Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Majburiy ijro byurosining xodimini bolta bilan jarohatladi. Voqelik bugun — 20-yanavr kuni sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Majburiy ijro byurosi markaziy apparati matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov voqelik yuz berganini tasdiqladi. Uning «Xabar.uz»ga bildirishicha, yoqimsiz holat MIB xodimining sud hujjati ijrosi jarayonida ro‘y bergan. Ya’ni, sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor B.Q.dan davlat foydasiga10.731.742 so‘m soliq qarzdorligi hamda 429.270 so‘m davlat bojini undirish belgilangan. Biroq MFY raisi (ayni vaqtda qarzdor) ijro harakatlarini amalga oshirayotgan xodimning ishiga to‘sqinlik qilib, xonadonidan olib chiqqan bolta bilan uning chap yelkasi orqa tomoniga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat bo‘yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter