Ko‘kdalada yana zapravka portladi, bir kishi jabrlangan

Ko‘kdalada zapravka portladi, oqibatda bir kishi jarohat oldi.
5 avgust kuni soat 22:20 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchasi hududida propan suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisternadan propan saqlash rezervuarga yoqilg‘i to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va soat 22:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 1 ta avtotsisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlash rezervuari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida avtotsisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, aynan Ko‘kdalada avvalroq aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida portlash bo‘lgan va bir necha kishi vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter