Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koson tumanida MIB xodimlari kaltaklandi

Koson tumanida MIB xodimlari kaltaklandi

Joriy yilning 23-avgust kuni soat 17:30 larda MIB Koson tuman bo‘limi davlat inspektorlari tumanning Quyibog‘ mahallasida yashovchi fuqaro J.Q.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanish holatlarining qonuniyligini tekshirish uchun borgan. Natijada fuqaroning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirayotganlarida, J.Q.ning ukasi S.Q. (1985- y.t.) aralashib, davlat inspektorlarini qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlab, ularning tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan 27-avgust kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring