Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilon shahridagi 15-sonli maktabda nima bo‘ldi? IIB izoh berdi

Marg‘ilon shahridagi 15-sonli maktabda nima bo‘ldi? IIB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi 15-sonli maktabda, o‘qituvchilar bir-biri bilan tortishgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasida Farg‘ona viloyati IIB matbuot boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19-dekabr kuni 15-maktabning 7-sinf o‘quvchisi M.O. dars paytida tashqariga chiqib kelish uchun o‘qituvchisi R.T. dan ruxsat so‘ragan lekin o‘qituvchi javob bermagan bo‘lsada, ruxsatsiz tashqariga chiqib ketayotgan vaqtida, o‘qituvchi R.T.ning «qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan gapini eshitib, yaqinlari R.U. hamda U.R.larni chaqirib kelgan. Natijasida maktab o‘qituvchilari bilan sinf  xonasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Janjal davomida o‘qituvchilar R.T. va   M.U. lar tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur holat Marg‘ilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring