Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ishdan olindi

Farg‘onada o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ishdan olindi

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Buvayda tumanida maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majbur qilingani aytilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Unda boshqarma ushbu holatni tasdiqlab, Buvayda tumanidagi 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajarib kelgan X.N. pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklaganini ma’lum qildi. U amaldagi tartiblarga zid ravishda navbatchilik qilishlarini talab etgan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari 2025-yil 6-yanvarda tegishli buyrug‘ini imzolab, unga asosan 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N.ni vazifasidan ozod etdi.

«Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirildi», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring